Randox standartlariga ko‘ra faoliyat yuritishga intilamiz

Yevropa darajasidagi laborator tadqiqotlar

Sog‘lom hayot sari yo‘lboshchingiz!
Murojaat qoldiring va tahlil topshirishga yoziling
Bu tugmani bosib, siz maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.
Laboratoriya haqida
Bizning missiyamiz — hayot tarzini yaxshilash va yosh o‘tishi bilan vujudga keladigan kasalliklarning oldini olish uchun salomatlik holatini baholashda mijozlarga ilg‘or diagnostik xizmatlar ko‘rsatish. Numa Diagnostics laboratoriyasi zarur xonalar, uskunalar, xodimlar, texnik jihozlar va xavfsizlik talablariga ko‘ra Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiya qilgan barcha zamonaviy diagnostika standartlariga javob beradi. Laboratoriya Buyuk Britaniyaning Randox kompaniyasi ko‘magida faoliyat yuritadi va Germaniya uskunalari bilan jihozlangan.
Afzalliklarimiz

Bepul uyingizga borish xizmati

AQSh va Germaniya
uskunalari

Tezkor natijalar

Noyob diagnostika texnologiyalari

Laboratoriya tahlillari: salomatlik va farovon hayotga bo‘lgan muhim qadam

Allergiya diagnostikasi

Organizm qanday moddalar yoki allergenlarga reaksiya bildirayotganini aniqlash imkonini beruvchi tahlil, bu allergiyaning sababini aniqlashga yordam beradi

Anemiya (kamqonlik) diagnostikasi

Anemiyaning bor-yo‘qligi va uning turini bilish uchun qondagi gemoglobin darajasi va eritrotsitlar miqdorini aniqlashga qaratilgan tahlil. Bu usul orqali qizil qon tanachalari va gemoglobin darajasining pasayishi aniqlanadi

Parazitlar tahlili

Qon, axlat yoki boshqa biologik materiallarni o‘rganish orqali organizmda parazitlarning bor-yo‘qligini aniqlash imkonini beruvchi tahlil

Jigar diagnostikasi

Jigardagi funksional buzilishlarni va turli markerlar (fermentlar, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va b.) darajasini aniqlash uchun kompleks tahlil. Bu tekshiruv jigardagi turli kasalliklarni aniqlash imkonini beradi

Ortiqcha vazn diagnostikasi

Ortiqcha vazn paydo bo‘lishi yoki saqlanib qolishi sabablarini aniqlashga qaratilgan tahlil. Bunda biokimyoviy ko‘rsatkichlar, gormonlar, ovqatlanish tarzi va boshqa omillar o‘rganiladi. Natijada ortiqcha vazn to‘plash omillarini bilib olish mumkin bo‘ladi

Qalqonsimon bez diagnostikasi

Qalqonsimon bez faoliyatini va uning gormonlari darajasini aniqlashga qaratilgan tahlil. U orqali gipertireoz, gipotireoz yoki shu a’zo bilan bog‘liq boshqa kasalliklar aniqlanadi

Raxit diagnostikasi

Qondagi kalsiy, fosfor va boshqa ko‘rsatkichlar darajasini aniqlash imkonini beruvchi tahlil. Ushbu tekshiruv orqali raxit diagnostikasini amalga oshirish mumkin

Qandli diabet diagnostikasi

Qondagi glyukoza miqdorini aniqlashga qaratilgan tahlil. Ushbu tekshiruv qandli diabet yoki diabetdan oldingi holat bor-yo‘qligini bilish imkonini berad

B gepatiti diagnostikasi

Antitanachalar va antigenlarni o‘rganish orqali organizmda B gepatiti virusi bor-yo‘qligini aniqlash imkonini beruvchi tahlil. Jigar holatini aniqlash va kelgusi muolajani belgilash imkonini beradi
O‘z salomatligingizni boshqaring: kompleks tahlil yordamida to‘liq holatingizni bilib oling
O‘zingiz uchun yoki sovg‘a sifatida kompleks tahlil paketini xarid qiling
Salomatlik holatini baholash va ehtimoliy muammolarni aniqlash uchun foydali bo‘lgan tahlillar to‘plami.
Salomatlikning umumiy holati va organizm faoliyatining muhim tizimlarini baholashga mo‘ljallangan tahlillar to‘plami.
Qondagi qand miqdori va moddalar almashinuvini aniqlashga yordam beruvchi tahlillar to‘plami.
Turli xil moddalar va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergik reaksiyani aniqlashga qaratilgan tahlillar to‘plami.
Farzand rejalashtirishda organizm holatini tekshirish uchun zarur tahlillar to‘plami.
Uyga chaqiring
Siz “Uyga chaqirish” xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz barcha kerakli va sterillangan jihozlar bilan belgilangan vaqtda uyingizga borishadi
Xizmatdan foydalanish
Numa Diagnostics'da tekshiruvdan o‘tishni rejalashtirish uchun 3 sodda qadam
1-qadam
1-qadam
Tekshiruv turini tanlang
Sayt orqali kerakli tahlil turini yoki to‘plamni tanlang va murojaat qoldiring. Shuningdek, +998 55 513-33-33 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz ham mumkin
2-qadam
2-qadam
Tahlil topshirish uchun o‘zingizga qulay joyni tanlang
Siz tahlillarni bevosita bizning laboratoriyamizda yoki o‘z uyingizda topshiringiz mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli jihozlar bilan siz aytgan joyga borishadi
3-qadam
3-qadam
Natijalarni oling
Natijalarni laboratoriyadan olish mumkin bo‘ladi va Telegram boti orqali sizga jo‘natiladi
Qabulga yoziling
Aloqa uchun ma’lumotlaringizni qoldiring va 5 daqiqa ichida menejerimiz siz bilan bog‘lanadi

Savol va javoblar, FAQ

Aloqa
+998 55 513-33-33
numauz21@gmail.com
Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 32-uy

Du-Ju — 8:00-22:00

Sha-Ya — 9:00-21:00

Siz va yaqinlaringiz uchun zamonaviy laborator tadqiqotlar
Hamyonbop narxlarda 1000 dan ortiq tahlil turlari
© Numa Diagnostics 2023
TAHLILLAR
  • Allergiya diagnostikasi
  • Anemiya diagnostikasi
  • Parazitlar tahlili
  • Jigar tahlili
  • Ortiqcha vazn sabablari diagnostikasi
  • Qalqonsimon bez diagnostikasi
  • Raxit diagnostikasi
  • Qandli diabet diagnostikasi
  • Organizmning umumiy tekshiruvi
PAKETLAR
  • Grow
  • SugarFree
  • Healthy Life
  • Spring
  • Family planning
ALOQA MA’LUMOTLARI
+998 55 513-33-33
hello@numa-lab.uz
Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 32-uy

Made on
Tilda